13 Yanvar 2022 1303

“Yangiobod” ROʻMBda yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi

Ayni kunlarda Angren shahri yaqinidagi “Yangiobod” Respublika oʻquv-mashgʻulot bazasida regbi, yunon-rum kurashi va yengil atletika boʻyicha terma jamoamiz vakillari mashgʻulot olib borishmoqda. Togʻ sharoitida havo haroratining pasayishi natijasida kecha tunda bazaning isitish tizimida muammo yuzaga keldi va xonalardagi isitgichlar ishlamay qoldi.

Yuzaga kelgan muammo zudlik bilan oʻrganilib, uni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrildi. Maʼlum boʻlishicha, baza joylashgan hududdagi markaziy elektor qurilmada avariya holati yuzaga kelgan. Hozirda tizim qayta tiklangan va zarur uskunalar almashtirilgach xonalar avvalgidek yuqori haroratda.

Ushbu vaziyat boʻyicha Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ham oʻrganish ishlarini olib bordi va baza mutasaddilari bilan bogʻlanib, bu kabi noqulay holatlarning oldini olish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Hozirga kelib, mashgʻulot olib borayotgan terma jamoalarimizning sharoiti avvalgidek yaxshilangan. Sportchilarning ovqatlanishi, mashgʻulot oʻtkazishi, dam olishi va xonalardagi issiqlik taʼminotida muammo yoʻq.

Text to speech