FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Yanvar 2022 2393

Sherzod Tashmatov murabbiylar shtabi bilan yangi rejalarni muhokama qildi

Bugun MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov yangi mavsum rejalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Unda Pavel Xan boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

2022-yil barcha sport turlari qatori taekvondochilarimizni ham katta sinov kutib turibdi. Suhbatda oldinda turgan Osiyo oʻyinlari va Parij-2024ga munosib tayyorgarlik koʻrish, terma jamoaning asosiy tarkibini saralash kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.

Fevral oyidan taekvondochilarimiz xalqaro musobaqalardagi ishtiroklarini boshlashadi. Bu borada Pavel Xan olib borilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, sportchilarimizning holati, turnirlarda ishtirok etadigan turli tarkib haqida batafsil maʼlumot berdi. Oʻz navbatida, Sherzod Tashmatov rejalar boʻyicha qoʻshimcha fikrlarini bildirib, sportchilarimizning salomatligini yanada qattiq nazorat qilish haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Text to speech