FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Yanvar 2022 2541

Shiffrindan rekord, Vlxova slalom dasturida muddatidan avval gʻalaba qozondi

Avstriyaning Shladming shahrida ayollar oʻrtasida togʻ changʻisining slalom yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi bosqich oʻtkazildi. Bellashuv yakuni ikki sportchining turli muvaffaqiyatlari bilan yakunlandi.

Maʼlum qilganimizdek, mazkur bosqichdagi muvaffaqiyat amerikalik Mikaela Shiffrin uchun bir dasturda qozonilgan gʻalabalar boʻyicha mutlaq rekord taqdim qilishi mumkin edi. Yakunda shunday boʻldi ham. Shifrrin eng yaqin taʼqibchisi slovakiyalik Petra Vlxovadan 0.15 soniya tezroq natija qayd etib, bir dasturda eng koʻp gʻalaba qozongan sportchiga aylandi. Bungacha rekord shvetsiyalik Ingemar Stenmarkka tegishli boʻlib, uning hisobida gigant slalomdagi 46 ta muvaffaqiyat bor edi.

Eʼtiborlisi, bellashuv Vlxova uchun ham omadli yakunlandi. Garchi u ikkinchi natijani qayd etgan boʻlsa ham, ushbu koʻrsatkich slovakiyalik sportchining muddatidan avval slalom yoʻnalishidagi kichik billur globusni qoʻlga kiritishi uchun kifoya qildi. Mavsum yakunigacha yana 2 ta slalom bahslari boʻlishiga qaramay, hech bir sportchi ushbu dasturda Petrani quvib oʻtolmaydi.

Slalom dasturi boʻyicha umumiy hisob:
1. Petra Vlxova (Slovakiya) – 660 ochko
2. Mikaela Shiffrin (AQSH) – 440
3. Vendi Xoldener (Shveysariya) – 321

Text to speech