FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Yanvar 2022 2789

Dzyudochilar Toshkent yig‘inida yangi qoidalarga moslashishmoqda

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Bugun kunning ikkinchi yarmida rejaga muvofiq navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi. Dastlab chigalyozdi mashqlaridan so‘ng sportchilar bir necha bora sparring bahslarini o‘tkazishdi. Ahamiyatlisi, bu bellashuvlar yangi qoidalar asosida bo‘lib, dzyudochilar bu orqali yangi o‘zgarishlarga ancha moslashib olishmoqda.

"Yig‘in ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Bunda raqiblarimiz bilan yangi qoidalar asosida bahslashyapmiz. Yangi sikldagi qoidada u qadar katta o‘zgarishlar bo‘lmasa ham o‘zlashtirishimiz lozim bo‘lgan jihatlari bor", - deydi Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in 25 yanvarga qadar davom etadi. “JAR” sport majmuasida o‘tayotgan yig‘inda Rossiya, Avstriya, Livan, Qozog‘iston, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Qirg‘iziston kabi terma jamoa vakillari hamyurtlarimiz bilan yangi mavsumga tayyorlanishmoqda. Yangi mavsumda dzyudochilarni ko‘plab Gran-pri va "Katta dubulg‘a" turnirlari, shuningdek, Osiyo o‘yinlari, qit’a chempionatlari hamda poytaxtimizda o‘tadigan jahon chempionati kutib turibdi. Bu orqali mehmonlar dzyudo olamidagi yilning eng muhim starti oldidan Toshkentdagi sharoitlar va o‘zbek dzyudosi bilan yanada yaqindan tanishib olishlari mumkin bo‘ladi.

Shu tariqa an’anaviy tarzda mavsumoldi Toshkentda o‘tkaziladigan yig‘in barcha jamoalar uchun foydali bo‘lmoqda.

Text to speech