FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Yanvar 2022 4667

Sinxron suzuvchilarimiz rossiyalik, suzuvchilarimiz amerikalik mutaxassis nazoratida yigʻin oʻtkazishmoqda

Ayni kunlarda suv sporti turlarida terma jamoamiz vakillari oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishmoqda. Sinxron suzuvchilarimiz “Saxovat” markazida, suzuvchilarimiz esa Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida shugʻullanishmoqda.

Sinxronchilarimiz rossiyalik 2 karra Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Yelena Azarova hamda terma jamoamiz murabbiylari bilan oʻz yoʻnalishlarining yangi dasturlari va murakkab elementlari ustida ishlashmoqda. Ularning yigʻini 23-yanvarga qadar davom etadi.

Suzuvchilarimiz esa amerikalik FINA eksperti Genadius Sokolovas ishlab chiqqan zamonaviy metodika asosida mashgʻulot oʻtkazishmoqda. Murabbiylar amerikalik mutaxassisning qoʻllanmasi asosida sportchilarimizning harakatlarini nazorat qilib turishibdi. Oʻz navbatida, amerikalik ekspert hamyurtlarimiz bilan bogʻlanib, mashgʻulotlar boʻyicha oʻzining kerakli tavsiyalarini bermoqda.

Shuningdek, suv polosi boʻyicha ayollar terma jamoamiz Rossiya ochiq chempionatida oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazmoqda. Akbar Sodiqov murabbiyligidagi qizlarimiz Rossiyaning yetakchi jamoalari bilan bahslarda tajriba orttirib qaytishi koʻzda tutilgan.

Text to speech