11 Yanvar 2022 2049

Boks boʻyicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik qizgʻin davom etmoqda

Maʼlumki, 20-30-yanvar kunlari Toshkentda boks boʻyicha 22 yoshgacha boʻlgan yigitlar va qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Ayni paytda hukumatimiz boshchiligida chempionatga tayyorgarlik qizgʻin davom etmoqda.

Musobaqada qitʼamizning 20 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin bokschi ishtirok etadi. “Universal” sport saroyi mezbonlik qiladigan bellashuvlar erkaklar oʻrtasida 13 ta, qizlar oʻrtasida esa 12 ta vaznda oʻtkaziladi.

Bokschilarimiz Toshkent viloyatining “Yangiobod” oʻquv bazasida musobaqaga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Qayd etish lozimki, bunday toifadagi musobaqa Osiyoda ilk marotaba oʻtkazilmoqda.

Text to speech