FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Yanvar 2022 5654

Boks boʻyicha terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonovni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Galiyevich Qurbonov 68 yoshni qarshi olmoqda.

Marat Qurbonov 1954-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Bir necha yildan beri boks boʻyicha Oʻzbekiston Milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Hozirda oʻzbek boksining yuqori pogʻonaga chiqishida, mana shunday olamshumul gʻalabalarni qoʻlga kiritishimizda, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga aylanishimizda Marat Galiyevichning xizmatlari beqiyos. Tajribali murabbiy 2019-yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 68 yoshni qarshi olayotgan Marat Qurbonovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib qoladi va kelgusi ishlarida yanada ulkan zafarlar tilaydi.

Text to speech