FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
9 Yanvar 2022 4726

Dzyudochilarimiz uchun yangi qoidalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, yaqinda Xalqaro dzyudo federatsiyasi qoidalarga kichik o‘zgarishlar kiritgan edi. IJF rasmiy saytiga Parij-2024 Olimpiada sikli uchun yangi qoidalar haqida videodastur ham joylangan. Unda IJF hakamlar supervayzeri va sharhlovchisi Neyl Adams bu haqda batafsil tushuntirish bergan edi.

Bu borada O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida mazkur o‘zgarishlar yuzasidan seminar o‘tkazildi. Xalqaro toifadagi referi Ramziddin Saidov tomonidan o‘tkazilgan tadbirda kattalar va yoshlar terma jamoalari dzyudochilariga o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Eslatib o‘tamiz, bu o‘zgarishlar 26-28 yanvar kunlari Portugaliyaning Odivelash shahrida o‘tadigan Gran-pri musobaqasidan boshlab Parij-2024 sikli yakuniga qadar amal qiladi.

Text to speech