FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Yanvar 2022 4412

Yengil atletikachilarimiz ikki manzilda yigʻin olib borishmoqda

Ayni kunlarda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimiz va Toshkent viloyatining Dukent maskanida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Poytaxtimizda 14 nafar sportchi yigʻinda qatnashayotgan boʻlsa, terma jamoamizning 11 nafar asosiy vakillari “Yangiobod sport bazasi”dagi mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda. Yilning dastlabki yigʻini boʻlgani bois murabbiylar asosan jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga eʼtibor qaratishgan.

Bugun MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov poytaxtimizdagi yengil atletika markaziga tashrif buyurib, u yerda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi. Tashrif davomida federatsiya mutasaddilari va terma jamoamiz bosh murabbiyi Goʻzal Hubbiyeva MOQ raisiga olib borilayotgan yigʻin haqida batafsil maʼlumot berdi.

MOQ rahbari tashrif davomida Markazda shugʻullanayotgan atletlar bilan ham yuzma yuz suhbatlashib, ularning yangi mavsumda oldilariga qoʻygan rejasi, maqsadlari haqida fikr almashdi. Shuningdek, federatsiya mutasaddilariga sportchilarning kamchiliklarini oʻrganish, ular uchun barcha sharoitlarni yaratish, mashgʻulotlarni uzliksiz davom ettirish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Text to speech