FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Yanvar 2022 4209

Velosportchilarimizning Boʻstonliqdagi yigʻini davom etmoqda

Ayni kunlarda velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining barcha yosh toifasidagi sportchilari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.

Mashgʻulotlar xorijlik murabbiy Gleb Groysman boshchiligida kuniga 3 mahaldan yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu yigʻin joriy yil shosse va trek yoʻnalishlarida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqich vazifasini oʻtab beradi. Murabbiy ushbu yigʻinga qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilishga daʼvogar 24 nafar sportchini jalb qilgan boʻlib, uni yakuni boʻyicha boʻlajak musobaqada qatnashadigan yakuniy tarkib saralab olinadi. Tarkibda Murodjon Xolmuratov kabi tajribali sportchilarimiz qatorida Yanina Kuskova, Aleksey Fomovskiy, Danil Yevdakimov, Akram Sunnatov, Ulugʻbek Saidov kabi yosh iqtidor egalarini ham uchratish mumkin.

Mashgʻulotlar 26-yanvarga qadar davom etadi.

Text to speech