7 Yanvar 2022 2481

Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi ayollar komissiyasi aʼzoligiga saylandi

Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi raisi oʻrinbosari Kseniya Gulyamova Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi (UIPM) Ijroiya qoʻmitasi qarori bilan 2024-yilgacha tashkilotning ayollar komissiyasi aʼzoligiga saylandi. Hamyurtimizning nomzodini Ijroiya qoʻmitasiga UIPM prezidenti doktor Klaus Shorman taqdim etgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil 27-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan UIPM Onlayn kongressida Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi UIPM Xotin-qizlar komissiyasini tuzishni soʻrab murojaat qilgan edi. Bundan koʻzlangan maqsad murabbiylar, hakamlar va sportchilar oʻrtasida gender tengligiga erishish. Milliy federatsiyalar rahbarlari Xotin-qizlar komissiyasini tuzish uchun 95 foizdan ortiq ovoz bergan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Kseniya Gulyamovani yangi lavozimga saylangani bilan qutlab, uning kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Text to speech