7 Yanvar 2022 1202

Oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Ilhomjon Bahromov 25 yoshda!

Bugun yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilhomjon Bahromov 25 yoshni qarshi olmoqda.

Ilhomjon Bahromov 1997-yil 7-yanvar kuni Samarqand viloyatida tugʻilgan. Sportchilar oilasida dunyoga kelgan Ilhomjon yunon-rum kurashi boʻyicha terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. 2014-yil Xitoyning Nankin shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻldi va 2019-yil kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatida ham terma jamoamiz hisobiga yana bir oltin medalni taqdim qilgan. Kurashchimiz faoliyati davomida yana bir qator boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ham gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ilhomjon Bahromovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech