7 Yanvar 2022 2299

Qor ustidagi polo bahslariga marhabo

Polo – betakror va ajoyib sport turlaridan biri. Ushbu qiziqarli jamoaviy oʻyin turi sportchilardan tana va otni mohirlik bilan, mukammal darajada boshqarish hamda yuqori konsentratsiyani talab qiladi.

Poloning kelib chiqishi ulugʻ ajdodlarimizga borib taqalsada, uning sport turi sifatida shakllanish tarixi Buyuk Britaniya bilan bogʻlanadi. Inglizlar ushbu oʻyinni Britaniyaga Hindistondan olib ketishadi. Yevropada zamonaviy ot poygasi muxlislari jamoaviy oʻyinning yangi qoidalarini oʻylab topishadi va uni mukammal sport turi sifatida dunyoga olib chiqadi.
Oʻzbekiston hududlarida ajdodlarimiz polo sport turiga poydevor vazifasini oʻtab bergan chavgon oʻyini bilan qadimdan shugʻullanib kelgan, zero ota-bobolarimiz orasida ot poygasi, uloq-koʻpkari kabi etnosport turlari keng ommalashgan boʻlsa-da, biroq mamlakatimizda zamonaviy sport turi sifatida ot polosi yaqindan rivojlana boshlagan.

Jumladan, 2018-yildan Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida polo oʻynash uchun qulay boʻlgan polo-poni va qorabayir otlarini koʻpaytirishga bagʻishlangan yangi zamonaviy majmualar ochish boshlandi. 2020-yilga kelib Oʻzbekistonda polo federatsiyasi tashkil etildi.

2021-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori esa yurtimizda poloni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur qarorda belgilab berilgan vazifalarning ijrosi doirasida Oʻzbekiston polo federatsiyasi tomonidan 2022-yil 9-yanvar kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida “Amirsoy Polo Cup-2022” musobaqasi tashkil etiladi. Musobaqa Oʻzbekistonda ushbu sport turini keng ommalashtirish va yurtimizda ot polosini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda. 2022” musobaqasi tashkil etiladi. Musobaqa Oʻzbekistonda ushbu sport turini keng ommalashtirish va yurtimizda ot polosini rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda. Unda “Nest One”, “OFB”, Milliy gvardiyaning shahar va ot sporti boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktablarining jamoalari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, ot polosi boʻyicha musobaqa 2021-yil yanvar oyida ham “Amirsoy Resort” togʻ majmuasida oʻtkazilgan edi. Turizm va sport vazirligining maʼlum qilishicha, musobaqa dengiz sathidan 2200 metr balandlikda boʻlib oʻtadi. Qayd etish joiz, jahon tajribasida shu paytgacha qor va muzli maydonlarda polo bahslari oʻtkazilgan boʻlsada, bunday balandlikdagi oʻyin ilk bor tashkil etilmoqda.

Text to speech