7 Yanvar 2022 1722

Oʻzbek tennisining malikasi Iroda Toʻlaganovani tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek tennisining taniqli vakillaridan biri Iroda Toʻlaganova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Iroda Toʻlaganova 1982-yil 7-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. Professional sportchi sifatida 1999-yildan oʻz faoliyatini boshlagan. Tennis boʻyicha Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), oʻsmir qizlar oʻrtasida Osiyo chempionati (1999, Fukuoka), “Wimbledon” (1999, London) va juftlikda “US Open” turnirlari (1999, Nyu-York) gʻolibi. Pusanda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari chempioni (2002-yil). 2006 va 2007-yillarda Osiyo chempioni.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali sohibasi. Hozirda Oʻzbekiston tennis federatsiyasining Bosh kotibi va Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Iroda Botirovnani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech