6 Yanvar 2022 1890

Qilichbozlik faxriysi Bahodir Nazirov 80 yoshni qarshi oldi

O‘zbek qilichbozligining bugungi rivojiga o‘z hissasini qo‘sha olgan taniqli mutaxassis Bahodir Nazirov 80 yoshni qarshi oldi. Bugun sportimiz fidoyisi MOQda munosib taqdirlandi.

Tadbirda MOQ rahbari, mamlakat qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi bir nechta faxriylarimiz qatnashishdi. Unda so‘z olganlar Bahodir Nugmanovichning muborak 80 yoshi bilan qutlab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilashdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Nugmanovich Nazirov 1942 yil 6 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Qilichbozlik bo‘yicha ko‘p marta mamlakat chempionati sovrindori, rapira va shpaga bo‘yicha faxriylar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kumush medal sohibi. Ko‘p yillar davomida terma jamoada murabbiy bo‘lib ishlagan. B.Nazirovni o‘z kasbining mohir ustasi hamda yosh sportchi va murabbiylarning qadrli maslahatchisi sifatida yaxshi bilamiz.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bahodir Nazirovni qutlug‘ 80 yillik yubileyi bilan muborakbod etib, u kishiga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, salomatlik qoladi.

Text to speech