FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Yanvar 2022 8233

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tibbiy koʻrikdan oʻtdi

Shu kunlarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinchilari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida tibbiy koʻrikdan oʻtishdi. Jarayonni MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham kuzatib borib, futbolchilarimizning salomatligini koʻzdan kechirdi.

“3 kun davomida 24 nafar futbolchimizni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga muvaffaq boʻldik. Bu orada ulardan umumiy tahlillar olinib, oʻyinchilar EKG va tor mutaxassislar koʻrigidan oʻtishlari barobarida yuklama berilganda organizmlarida, ayniqsa, yurak sohasidagi oʻzgarishlarni koʻrsatib turadigan zamonaviy texnikalardan ham foydalanildi. Dam olish kunlari boʻlishiga qaramay qimmatli vaqtlarini ayamay bizga yordam bergan Markaz shifokorlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz”, – dedi jamoa shifokori Alisher Aripov.

Maʼlum qilinishicha, terma jamoa legionerlari kelgusi yigʻin doirasida Toshkentga kelishgach tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Text to speech