4 Yanvar 2022
1541
Sablyachilarimiz yilning ilk yig‘iniga jo‘nab ketishdi
Bugun erta tongda sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yilning dastlabki yig‘inida ishtirok etish uchun Gruziyaga jo‘nab ketdi. Tbilisida o‘tadigan mashg‘ulotlar 18 yanvarga qadar davom etadi. Unda sablyachilarimiz Turkiya, Bolgariya, Gruziya va Rossiya vakillari bilan shug‘ullanishadi.
Rejaga ko‘ra, ushbu yig‘indan so‘ng jamoamiz Tbilisida ushbu yo‘nalishda o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi Gran-pri turnirida qatnashadi. Tarkibga Zaynab Dayibekova, Paola Pliyego, Sherzod Mamutov, Bobur Rasulov kabi asosiy va yoshlar jamoamizning 19 nafar vakili jalb qilingan.