FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Noyabr 2021 1510

Lozannada Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi ish boshladi

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi boshlandi. Unda MOQ va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etmoqda.

Tadbirda martabali mehmon sifatida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Baxning qatnashayotgani uning ahamiyati yuqori ekanidan dalolat bermoqda.

Kongress kun tartibidan oʻrin olgan asosiy masala yangi davr uchun xalqaro federatsiya boshqaruviga yangi rahbar saylash boʻladi. Taʼkidlash joiz, bu oʻringa tashkilotning amaldagi prezidenti Alisher Usmonov asosiy daʼvogar boʻlib turibdi.

Shuningdek, tadbir davomida yaqin davr uchun qilichbozlik boʻyicha oʻtkaziladigan yirik musobaqalarga mezbonlar aniqlanadi. Biz uchun ahamiyatlisi, Toshkent 2023-yil kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligini oʻtkazish boʻyicha oʻz nomzodini ilgari surgan. Bu borada BAAning Dubay hamda Italiyaning Milan shaharlari raqobatchi sanaladi.

Kongress tafsilotlari bilan kelgusi maqolalarimizda tanishtirib boramiz.

Text to speech