25 Noyabr 2021 2080

Suzish boʻyicha Oʻzbekiston kubogining toʻrtinchi kuni ortda qoldi

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida suzish boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari qizgʻin davom etmoqda. Bugun musobaqaning toʻrtinchi kuni 50 va 800 metr masofaga erkin, 200 metrga kompleks usulda suzish boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin kechgan bahslarning yakunlariga koʻra 50 metrga erkin usulda suzishda toshkentlik Aleksey Tarasenko belgilangan masofani 22.69 soniyada bosib oʻtib, birinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa, tajribali sportchimiz shaxsiy hisobdagi musobaqalarda toʻrtinchi oltin medalga sazovor boʻldi. Batafsil:

50 metr, erkin suzish (erkaklar)
1. Aleksey Tarasenko (Toshkent) – 22.69
2. Xurshid Tursunov (Navoiy) – 22.84
3. Xojiakbar Abdujalilov (ROSMM) – 23.81

Xuddi shu yoʻnalishda xotin-qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada gʻoliblik Respublika oliy sport mahorati maktabi vakili Natalya Kritininaga (27.26 soniya) nasib etdi.

200 metr, kompleks (erkaklar):
1. Yegor Petryakov (ROSMM) – 2:08.97
2. Mixail Kleshko (Sirdaryo) – 2:13.21
3. Aleksey Tarasenko (Toshkent) – 2:16.34

Ushbu yoʻnalishda ayollar oʻrtasidagi musobaqada Respublika oliy sport mahorati maktabi vakili Anastasiya Zelinskayaga (2:27.86) teng keladigan boʻlmadi.

Toʻrtinchi kungi bahslar 800 metr masofaga erkin usulda suzish musobaqasi bilan yakunlandi. Unda Abdujalil Abdugʻaniyev (9:00.03) marraga birinchi boʻlib yetib keldi va oltin medalga sazovor boʻldi. Ushbu masofada kumush medal Nikita Kornilovga (9:00.63) nasib etdi.

Text to speech