Dzyudochilarimiz Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turniridagi raqiblarini bilib olishdi
Ertaga BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlanadi. Maʼlum qilganimizdek, unda terma jamoamiz vakillari ham gʻoliblik uchun ishtirok etishadi.
Bugun musobaqaga bagʻishlangan matbuot anjumani va qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, hamyurtlarimiz bellashuvlarni quyidagi sportchilarga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Dilshodbek Baratov – Dilshot Xolmatov (Ukraina)
-66 kg: Dilshodbek Yoʻldoshev – Lusian Borsh (Ruminiya)
-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev – Jeyk Bensted (Avstraliya) / Abdulloh Hamad (Saudiya Arabiston)
-81 kg: Suhrob Tursunov – Bolor-Ochir Gereltuya (Moʻgʻiliston)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev – Muhammad Al Harbi (Suadiya Arabistoni)
-90 kg: Davlat Bobonov – Jahongir Majidov (Tojikiston) / Mohab Elnaxas (Kanada)
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev – Folk Petersilka (Germaniya)
-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiyev – Tomas Briseno (Chili)
+100 kg: Shohruh Mamarasulov – Marius Fizel (Slovakiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)