Samarqandda sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida mamlakat chempionati oʻtkazilmoqda
Shu kunlarda Samarqand shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston birinchiligi boʻlib oʻtmoqda. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sara polvonlar gʻoliblik uchun bellashishyapti.
Reglamentga koʻra, dastlab yunon-rum kurashi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Oʻz vazn toifalarida quyidagi kurashchilar gʻolib boʻlishdi:
55 kg: Asadbek Bahromov (Samarqand)
60 kg: Isomiddin Yunusov (Buxoro)
63 kg: Husniddin Olimboyev (Xorazm)
67 kg: Abdulloh Aliyev (Andijon)
72 kg: Temur Bahromov (Navoiy)
77 kg: Samandar Bobonazarov (Toshkent)
82 kg: Nodir Haydarov (Buxoro)
87 kg: Azamat Abdumannopov (Fargʻona)
97 kg: Islom Rahmatov (Navoiy)
130 kg: Temur Nasimov (Samarqand)
Bugun erkin kurash ustalari gʻoliblik uchun gilamga chiqishadi.