Yig‘ilishda Prezident Qarorlarida ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida o‘tkazilish belgilangan musobaqalarning taqvimini federatsiyalar mutasaddilari bilan batafsil ko‘rib chiqish, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarliklar, Xalqaro kurash instituti faoliyatini yana-da zamonaviy metodikalar bilan taʼminlash kabi yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident topshiriqlari nazoratda
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni yana-da targ‘ib qilish, sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir qator Qaror va Farmonlar imzolanmoqda. Bugun MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov boshchiligida mazkur meʼyoriy hujjatlarda O‘zbekiston MOQga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qo‘mita mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Suhbat davomida MOQ raisi har bir yo‘nalishdagi topshiriqlar ijrosining hozirgi holatini batafsil o‘rganib chiqdi.
“Hurmatli Prezidentimizning bergan topshiriq va ko‘rsatmalarini so‘zsiz amalga oshirishimiz lozim. Yurtboshimizning sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yicha boshlagan tashabbuslarini biz davom ettiramiz. Bunda barcha yo‘nalishdagi vazifalar atroflicha tahlil qilinib, belgilangan mutasaddi tashkilotlar, masʼullar bilan ishlaymiz. Bu meʼyoriy hujjatlar va topshiriqlar Yangi O‘zbekistonning sport sohasidagi salohiyatini ko‘tarib berishda muhim ahamiyatga ega”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.