24 Dekabr 2021 2140

Xorazmlik dzyudochilar umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishdi

21-23 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra erkaklar va ayollar o‘rtasida Xorazm viloyati dzyudochilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishdi. Ular 3 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medal qo‘lga kiritishdi. Xorazmlik dzyudochilarning bu muvaffaqiyatiga ayollar terma jamoasi a’zolari munosib hissa qo‘shishdi.

Surxondaryolik dzyudochilar ham 3 ta vaznda chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi. Lekin kumush medallar soni xorazmliklarga qaraganda kamroq bo‘ldi – 3 ta. Bronza medallar esa bir xilda ekani e’tiborga molik jihat – 6 ta! Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan Toshkent shahri jamoasi yakun yasadi.

Umuman olganda, 14 ta ishtirokchi jamoadan 11 tasining kamida bitta bronza medaliga ega bo‘lgani viloyatlarda dzyudo sport turining rivojlanib, yoshlar orasida ommalashib borayotganidan darak beradi.

Text to speech