24 Noyabr 2021 1521

Dzyudochilarimiz yilning so‘nggi startida ishtirok etishadi

26-28 noyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning so‘nggi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada dunyoning 42 mamlakatidan tashrif buyuradigan polvonlari qatorida hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.

Musobaqada Ilias Iliadis boshchiligidagi 12 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ular orasida Davlat Bobonov, Diyora Keldiyorova kabi yetakchilarimizni ham uchratish mumkin. Eslatib o‘tamiz, musobaqada o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lgan sportchi 1000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi. Jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:

-60 kg: Dilshodbek Baratov
-66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev
-73 kg: Jaloliddin Boynazarov
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev
-81 kg: Suhrob Tursunov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-90 kg: Doston Meyliyev
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
-100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiyev
+100 kg: Shohruh Mamarasulov
-52 kg: Diyora Keldiyorova

Text to speech