Shomurod Shofayziyevni tabriklaymiz!
Bugun sport fidoiysi, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi raisi o‘rinbosari Shomurod Shofayziyev o‘z tavallud ayyomini nishonlayapti.
Shomurod Muhsinovich 1966 yil, 24 noyabr kuni tavallud topgan. Ushbu mutaxassis O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi tashkil topgandan beri tashkilot raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ma’lum muddat O‘zbekiston tennis federasiyasi raisi o‘rinbosari va Osiyo tennis federasiyasi vise-prezidenti sifatida samarali mehnat qilgan.
Shomirod Shofayziyev uzoq yillardan beri nafaqat sport kurashlari, balki o‘zbek sporti rivoji yo‘lida o‘zining beminnat yordamini berib kelmoqda. Xususan, kurashchilarimizning xalqaro arenalarda qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari zamirida ushbu mutaxassisning ham xizmatlari katta. Shomurod Muhsinovichning sport sohasiga qo‘shgan hissasi xalqaro maydonda ham yuqori baholangan bo‘lib, Ukrainaning Odessa shahrida o‘tkazilgan “Oltin mangust-2018” Xalqaro mukofotining “Jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda xalqlar orasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” nominasiyasida taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Shomurod Shofayziyevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.