Eng kuchli suzuvchilarimiz mamlakat kubogi uchun bahs olib borishmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlardan kelgan sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun baxs yuritishyapti.
Musobaqaning ortda qolgan kuni erkaklar va ayollar o‘rtasida 50 metrga brass, batterflyay, 200 metrga erkin va chalqancha, 4×100 metrga kompleks usulda suzish dasturlari bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in kechgan bahslarning yakunlariga ko‘ra quyidagi sportchilar sovrinli o‘rinlarni band etishdi.
50 metrga brass usulida (erkaklar):
1. Vladislav Mustafin– 28.13 (Jizzax vil.)
2. Iskandar Sa’dullayev– 29.46 (ROSMM)
3. Bexruz Axtamov – 30.28 (ROZK)
50 metrga brass usulida (ayollar):
1. Sitora Odilova– 34.72 (Navoiy vil.)
50 metrga batterflyay usulida (erkaklar):
1. Eldorbek Usmonov – 24.06 (Andijon vil.)
2. Natan Muxitdinov – 25.59 (ROSMM)
3. Adilbek Yusupbayev – 25.75 (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
200 metrga erkin usulda (erkaklar)
1. Aleksey Tarasenko– 1:52.20 (Toshkent sh.)
2. Yegor Petryakov– 1:55.40 (ROSMM)
3. Olimjon Odilov– 1:55.66 (Navoiy vil.)
200 metrga erkin usulda (ayollar)
1. Anastasiya Zelinskaya – 2:10.80 (ROSMM)
2. Afsona Niyozova – 2:11.65 (Navoiy vil.)
200metrga chalqancha (erkaklar)
1. Mixail Kleshko – 2:14.33 (Sirdaryo vil.)
4×100 m kompleks (erkaklar)
1. Navoiy viloyati – 4:06.39
2. ROZK – 4:08.67
3. Andijon viloyati – 4:11.45
4×100 m kompleks (ayollar)
1. Navoiy viloyati – 4:53.57
2. Andijon viloyati – 5:13.23
3. Toshkent shahri – 5:15.49