Bugun ikki oʻzbek polvoni Moʻminjon Abdullayev hamda Yahyo Imomov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Eʼtiborlisi, har ikki sportchimiz ham bugun 32 yoshni qarshi olmoqda. Yunon-rum kurashi ustasi, -130 kilogramm vazn toifasida London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Moʻminjon Abdullayev 1989-yil 24-dekabr kuni Samarqand viloyatida, dzyudo boʻyicha -81 kilogramm vazn toifasida London-2012 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo oʻyinlari sovrindori, koʻplab Katta dubulgʻa va Gran-pri turnirlari gʻolibi Yahyo Imomov Surxondaryo viloyatida tavallud topgan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki sportchimizga ham uzoq umr va salomatlik tilab qoladi.