23 Noyabr 2021 1995

O‘zbek shaxmati fidoyilaridan biri Ahmadjon Irkabayev yaqinlariga hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi asoschilaridan biri, shaxmat jonkuyari, yoshlarning sevimli ustozi Irkabayev Ahmadjon aka 73 yoshida vafot etdi.

Ahmadjon Irkabayev 1948 yilning 1 avgustida Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent politexnika instituti, Moskva avtomobil yo‘llari instituti hamda Rossiya Ichki ishlar vazirligi akademiyalarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida boshlab, keyinchalik Toshkent shahar davlat avtomobil inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati inspeksiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. A.Irkabayev 1990-1996 yillarda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi sifatida yurtimizda ushbu aql-idrok sporti rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan. U kishi shaxmat bo‘yicha uch karra faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni hamda ko‘plab yosh va iqtidorli shaxmatchilarning ustozi sanaladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi Ahmadjon Irkabayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Text to speech