Toshkentda oʻtgan Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining Kongressidan soʻng ushbu sport turi boʻyicha yaqin yillar oʻtkaziladigan turli yoshdagi jahon chempionatlariga mezbonlik qiluvchi mamlakatlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, boʻlajak musobaqalar mezbonligi quyidagi davlatlarga berildi:

2023-yil:
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati – Albaniya
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati – Meksika
Kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati – Saudiya Arabistoni

2024-yil:
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati – Peru
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati – Ispaniya

2025-yil:
Kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati – Norvegiya