FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Noyabr 2021 4117

Chim ustida xokkey jamoamizda xorijlik murabbiy ish boshlaydi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro xokkey federatsiyasi va O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining hamkorligida Osiyo xokkey federatsiyasi vakili, xalqaro toifadagi trener Zohid Ali O‘zbekistonga taklif etildi.

Mutaxassis ishtirokida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Andijon viloyatida, 20-21 noyabr kunlari Samarqandda mahalliy murabbiylar uchun tajriba almashish, ularning malaka va mahoratini oshirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedov Zohid Ali bilan uchrashib, kelgusida federatsiya faoliyati va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda xalqaro tadbirlar o‘tkazish kabi masalalar bo‘yicha suhbat olib bordi. Suhbatda kelishilgan asosiy masala ushbu mutaxassisning yaqin vaqt ichida milliy terma jamoamizda murabbiy sifatida ish boshlashi bo‘ldi.

Samimiy uchrashuv yakunida Zohid Ali Bahodir Ahmedovni joriy yilning 14-20 dekabr kunlari Bangladeshda o‘tkaziladigan “Champions Trophy” xalqaro musobaqasiga taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda chim ustida xokkey sportining rivojlanishi uchun ulkan potensial borligini hamda mazkur sport turini rivojlantirishda doimiy hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Text to speech