Poytaxtimizdagi “Universal” majmuasida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ham ikkinchi kun bahslari yakunlandi. Bugungi dastur bilan “klassik” kurashchilarning ishtirokidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi.

Bugungi bellashuvlarda Feruz To‘xtayev, Abror Atabayev, Mirzobek Rahmatov, Muhammadali Shamsiddinov kabi polvonlarimiz o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonib, mamlakat chempionligini rasmiylashtirishdi. Gʻolib va sovrindorlarning to‘liq ro‘yxati:

60 kg:
1. Feruz To‘xtayev (Buxoro)
2. Abdulaziz Tursunboyev (Namangan)
3. Ilhom Bahromov (Samarqand)
3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon)

67 kg:
1. Abror Atabayev (Farg‘ona)
2. Mahmud Baxshilloyev (Buxoro)
3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati)
3. Sobir Kazakbayev (Jizzax)

72 kg:
1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro)
2. Bekzod Umarov (Navoiy)
3. Dilshod Madaminov (Toshkent shahri)
3. Jamshid Qo‘ziyev (Toshkent viloyati)

97 kg:
1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro)
2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent)
3. Yergali Ayximbayev (Toshkent viloyati)
3. Botir Kandilov (Qashqadaryo)