Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Moliya vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda 2022-yil yanvar oyidan Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar kesimida smeta xarajatlarini “UzASBO” tizimi orqali moliyalashtirish tartibi va qoidalari ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yil dekabr oyi davomida Vazirlik huzuridagi Oʻquv markazida Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalarning 26 nafar Bosh buxgalterlari “Byudjet tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish va “UzASBO” dasturiy majmuasida ishlash tartibi” yoʻnalishi boʻyicha kursda malakasini oshirdi va tegishli sertifikatlarga ega boʻldi.