Dzyudo chempionatining ikkinchi kuni yanada yorqin bahslar taqdim qildi
“Yunusobod sport majmuasi”da davom etayotgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Reglamentga ko‘ra, bugun final bahslaridan avval tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirib o‘tishdi.
Shundan so‘ng kechki dasturdan o‘rin olgan bir-biridan qiziqarli bahslar boshlandi. E’tiborlisi, ushbu kunda ham bir qator kutilmagan natijalarga guvoh bo‘ldik. Jumladan, Tokio-2020 ishtirokchisi Hikmatilloh To‘rayev (-73 kg) sovrindorlar qatoriga kira olmadi. Ushbu vazndagi mamlakat chempionatida debyut qilgan Shahram Ahadov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Batafsil:
-73 kg:
1. Shahram Ahadov (Buxoro)
2. Murodjon Yo‘ldoshev (Surxondaryo)
3. Vagif Ibadov (Samarqand)
3. Obidxon Nomonov (Namangan)
-81 kg:
1. Sharofiddin Boltaboyev (Qoraqalpog‘iston)
2. Ma’ruf Hidirov (Toshkent shahri)
3. Ramazon Allaberdiyev (Surxondaryo)
3. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent shahri)
-90 kg:
1. Shermuhammad Jandreyev (Surxondaryo)
2. Doston Meyliyev (Toshkent viloyati)
3. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
3. Bahodir Panjiyev (Surxondaryo)
Ayollar
-63 kg:
1. Sevinch Isoqova (Jizzax)
2. Mamlakat Sultonova (Xorazm)
3. Marjona Nurillayeva (Samarqand)
3. Laylo Yo‘ldosheva (Xorazm)
-70 kg:
1. Shohista Nazarova (Surxondaryo)
2. Nodira Yo‘ldosheva (Toshkent shahri)
3. Ravshaxon Adasheva (Toshkent shahri)
3. Farangiz Hojiyeva (Xorazm)