ESPN nashri Milliy xokkey ligasi (MXL) oʻyinchilarining yaqinlashib kelayotgan Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki boʻyicha xabar chop etdi. Manbaning taʼkidlashicha, okean ortining yuqori ligasida oʻynaydigan xokkeychilar boʻlajak qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etmaydi.
Avvalroq ikki tashkilot oʻrtasida xokkeychilarning Pekin-2022 qishki Olimpiadasidagi ishtiroki boʻyicha kelishuvga erishilgan edi. Bunday qarorga javob sifatida epidemiologik vaziyat keltirib oʻtilmoqda.
Taʼkidlash joiz, hozirda koʻplab sport turlarida boʻlgani kabi MXLda ham oʻyinchilarda aniqlanayotgan koronavirus infeksiyasi sabab bir qator uchrashuvlar bekor qilinmoqda.
Avvalroq, MXL prezidenti Lyuk Tardiff xokkeychilarning Pekin-2022 Olimpiadasida ishtirok etishlarini yoqlab chiqqan edi. Agar oʻyinchilar Xitoyga borishsa, MXLda 3 haftalik tanaffus yuzaga kelishi aytilgan. Voqealar rivojini kuzatib boramiz.