21 Dekabr 2021 1977

Tantanali ochilish marosimi, Elmurat Tasmuradovning xayrlashuvi yoxud sport kurashlari bo‘yicha mamlakat chempionatining birinchi kun voqeliklari

Xabar qilganimizdek, bugun “Universal” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha mamlakat birinchiligi boshlandi. Musobaqaning dastlabki kuni bir qator qiziqarli voqeliklarga boy bo‘ldi.

Final bahslaridan avval tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev va keng sport jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Ahamiyatlisi, tadbir doirasida yunon-rum kurashi bo‘yicha Rio-2016 sovrindori, 3 karra JCh sovrindori, 5 karra Osiyo chempioni Elmurat Tasmuradovning katta sport bilan xayrlashuv tadbiri o‘tkazildi. Mutasaddilar sportchimizga uzoq yillik faoliyati uchun tashakkur aytib, uning kelgusi faoliyatida omad tilab o‘tishdi.

Shundan so‘ng biri biridan qiziqarli final bellashuvlariga navbat berildi. Unda Jasur Ortiqboyev, Islom Bahromov, Aram Vardanyan, Jalgasbay Berdimuratov, Mo‘minjon Abdullayev kabi yetakchilar o‘z vazn toifalarida yana bir bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Batafsil:

55 kg vazn toifasi
1. Jasur Ortiqboyev (Toshkent shahri)
2. Laziz Toshkenboyev (Samarqand)
3. Zayniddin Nashirov (Toshkent viloyati)
3. Ixtiyor Botirov (Toshkent viloyati)

63 kg vazn toifasi
1. Islom Bahromov (Samarqand)
2. To‘rabek Tirkashev (Samarqand)
3. Nikolay Yegorov (Toshkent shahri)
3. Kamol Qo‘ziyev (Buxoro)

77 kg vazn toifasi
1. Aram Vardanyan (Toshkent shahri)
2. Fazliddin Namozov (Samarqand)
3. To‘lqin Tuyev (Buxoro)
3. Dilshod Omongeldiyev (Toshkent viloyati)

87 kg vazn toifasi
1. Jalgasbay Berdimuratov (Qoraqalpog‘iston)
2. Nurbek Xoshimbekov (Andijon)
3. Azamat Abdubanopov (Farg‘ona)
3. Shahriyor Jo‘raboyev (Samarqand)

130 kg vazn toifasi
1. Mo‘minjon Abdullayev (Samarqand)
2. Suhrob Fattoyev (Navoiy)
3. Abror Mamasoliyev (Andijon)
3. Daler Rahmatov (Farg‘ona)

Text to speech