21 Dekabr 2021 1911

Konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour 2021” musobaqasi yakunlandi

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha 10 bosqichdan iborat boʻlgan “Uzbekistan Global Tour 2021” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Yil davomida oʻtkazilgan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan poytaxtga tashrif buyurgan sara chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakuniy bosqich nihoyasiga yetgach, har bir yoʻnalish boʻyicha toʻplangan ochkolar sarhisob qilindi va oʻz dasturidagi gʻoliblar aniqlandi. Eʼtiboringizga musobaqaning yakuniy bosqichi va har bir yoʻnalishdagi chempionlar nomini havola qilamiz:

“A” toifasi:
1. Nurjan Tuyakbayev (Lanselotta)
2. Timur Azizov (Bozart De Ruye)

“D” toifasi:
1. Bekzod Qurbonov (Kalimera)
2. Nurjan Tuyakbayev (Korado)
3. Aʼzam Tillaboyev (Kontender BS)

“B” toifasi:
1. Nurjan Tuyakbayev (Kornetta)
2. Xurshidbek Alimjonov (Leyman)
3. Saidamirxon Turgʻunboyev (Chaman BS)

“Uzbekistan Global Tour 2021” turnirining yakuniy gʻoliblari:
“A” toifasi: Nurjan Tuyakbayev 269 ball
“B” toifasi: Nurjan Tuyakbayev 229 ball
“D” toifasi: Bekzod Qurbonov 256 ball

Musobaqaning taqdirlash marosimi ham koʻtarinki ruhda oʻtib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari Alisher Norboyev ham ishtirok etdi. Shuningdek, vazirlik qoshidgi harbiy orkestr vakillarining kuylari marosimga oʻzgacha shukuh berib turdi.

Text to speech