FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Dekabr 2021 4114

Bugun ikki sport turida Oʻzbekiston chempionati start olmoqdaz

Bugundan poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi” hamda “Universal” sport saroylarida ikki ajoyib sport turlarida kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionati boshlanadi.

21-23-dekabr kunlari “Yunusobod sport majmuasi”da yurtimizning eng kuchli dzyudochilari mamlakat birinchiligi uchun bahs olib borishadi. Unda Tokio-2020 sovrindori Davlat Bobonovdan boshqa hamma yetakchilar ishtirok etishi bu yilgi chempionat intrigasi har qachongidan ham katta boʻlishidan dalolat bermoqda. Bugun erkaklar -60 va -66 kg, qizlar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida bellashishadi.

Shuningdek, “Universal”da erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha Respublika birinchiligi oʻtkaziladi. 21-24-dekabr kunlari oʻtadigan musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan polvonlar gilamda oʻz mahoratini namoyish etishadi. Bugun soat 16:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Barcha sport muxlislarini, OAV vakillarini mazkur bellashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz.

Text to speech