FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Noyabr 2021 3706

Zaynab Dayibekova ikkinchi bor Jahon kubogida g‘alaba qozondi

Toshkentda o‘tkazilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida birinchi kun bahslari ortda qoldi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Zaynab Dayibekova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqa davomida qilichbozimiz Belarus, Ukraina, Rossiya kabi mamlakat vakillarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda rossiyalik Vlada Plexanovadan 15:7 hisobida ustun keldi. Bronza medallari esa Rossiya terma jamoasining boshqa vakillariga nasib etdi.

Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi.

Yoshlar, sablya:

1. Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)

2. Vlada Plexanova (Rossiya)

3. Mariya Zinyuxina (Rossiya)

3. Alina Koralyova (Rossiya)

Eslatib o‘tamiz, ertaga qilichbozlar jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bo‘lajak bellashuvlarda ham qizlarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech