20 Dekabr 2021 2091

Norvegiyalik gandbolchilar jahon chempionligini qoʻlga kiritishdi

Ispaniyada ayollar oʻrtasida gandbol boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda Norvegiya terma jamoasi oʻz tarixida toʻrtinchi bor chempionlikni rasmiylashtirdi.

Hal qiluvchi bellashuvda skandinaviyaliklarga amaldagi Olimpiada chempioni Fransiya termasi raqiblik qildi. Norvegiyaliklarning ustunligida oʻtgan bahs ularning 29:22 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda Daniya mezbonlarni 35:28 hisobida dogʻda qoldirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu jahon chempionatida oʻz tarixida ikkinchi bor Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etib, 30-oʻrinda musobaqani yakunlagan edi.

Musobaqaga oid boshqa statistikalar:
Eng yaxshi toʻpurar: Natali Xagman (Shvetsiya) – 71 gol
Eng yaxshi darvozabon: Alteya Reynxard (Daniya) – 71 (seyv) / 141 (zarba)
Eng yaxshi assist: Patrisia Kovash (Avstriya) – 46 uzatma
Eng yaxshi blogchi: Layn Xaugsted (Daniya) – 19 zarba

Text to speech