Oʻzbekiston MOQning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari rasmiy tasdiq belgisini oldi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yurtimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpizmning pok va ezgu gʻoyalarini ilgari surish, sogʻlom turmush tarzi targʻibotini olib borish yoʻlida faoliyat olib boradi. Sportchilarimizning Osiyo va Olimpiya oʻyinlari, qitʼa va jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash, bu orqali yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish Qoʻmitamiz faoliyatining bosh gʻoyalaridan biri. Bu borada Oʻzbekiston MOQning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari katta rol oʻynaydi.
Hukumatimizning eʼtibori bilan Qoʻmitamizning telegram (https://t.me/OlympicUz), Instagram (http://instagram.com/Olympic.uz) facebook (http://facebook.com/nocuzbekistan) ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari rasmiy tasdiq belgisini (verifikatsiya) oldi. Ushbu havolalar orqali Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarini kuzatib borishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻzaro hamkorlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham ushbu hamkorlikni izchil davom ettirishdan mamnun ekanini bildiradi.
Qoʻmitamiz bundan keyin ham Prezidentimiz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yoʻlida yurtboshimizga kamarbasta boʻlib, oʻz faoliyatini davom ettiradi.