Tadbir yakunida Azizjon Kamilov ishtirokchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirib, boʻlajak musobaqani yuqori saviyada oʻtkazib olishlarini tilab qoldi.
Mamlakat chempionatidan avval Armen Bagdasarov bilan hakamlar uchun xalqaro seminar oʻtkazildi
Xabaringiz bor, 21-23-dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi.
Yilning soʻnggi musobaqasi oldidan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) referi direktori, Atlanta-1996 Olimpiya oʻyinlari sovrindori Armen Bagdasarov mamlakat chempionatida ishlovchi hakamlari uchun xalqaro seminar oʻtkazdi. Unda gruziyalik IJF referisi Vladimir Nutsubidze, IJFda faoliyat yuritayotgan yana bir hamyurtimiz Abdulla Murodov, Olimpiya toifasidagi oʻzbekistonlik xalqaro hakamlar Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hayʼati raisi Bahodir Uzakbergenov hamda chempionat bellashuvlarini boshqarish uchun taklif etilgan referilar ishtirok etishdi.
Jarayonni MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ham kuzatib bordi.
Hakamlar bevosita dzyudochilarni musobaqa vaqtida his qilishlari uchun seminar davomida kimonoda boʻlishdi. Armen Yuryevich boshqargan seminar IJF qoidalariga mos ravishda tashkil etildi. Katta monitorda musobaqalardagi bahsli vaziyatlar muhokama qilindi.