Shundan soʻng Rustam Shoabdurahmonov MOQning Toshkent viloyati vakili, joylardagi BOʻSM direktorlari bilan suhbatlashib, tumanlardagi sport maktablari holati, umumtaʼlim maktablarida oʻqiyotgan yoshlarning qanchasi sportga qamrab olingani, ularning sport inventarlari bilan taʼminlanganlik darajasi, u yerda yaratilgan sharoit va muammolarni oʻrgandi. Shuningdek, MOQ rahbari joylardagi epidemiologik vaziyatga jiddiy eʼtibor qaratish, qishki mavsumda isitish tizimi bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini olish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.