Sharofiddin Boltaboyev va Zaynab Dayibekovani tabriklaymiz!
Bugun Qopaqalpoq zaminidan yetishib chiqqan ikki ajoyib sportchilarimiz Sharofiddin Boltaboyev hamda Zaynab Dayidekova tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.
Sharofiddin Boltaboyev 1995 yil 19 noyabr kuni tug‘ilgan. Dzyudochimiz faoliyati davomida Osiyo chempionatlarida ikki bor finalgacha yetib borgan. 2019 yil Toshkent Gran-prisi g‘olibi va joriy yil esa Parij va Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirlarining kumush medal sohibi, shuningdek, boshqa ko‘plab nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindori hisoblanadi. -81 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilgan.
Zaynab Dayibekova 2002 yil dunyoga kelgan. Qilichbozimiz yosh bo‘lishiga qaramay kattalar miqyosida o‘tadigan musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Ahamiyatlisi, aynan u qilichbozlarimiz orasida ilk bor jahon kubogida g‘alaba qozongan sportchimiz hisoblanadi. Dayibekova bu muvaffaqiyatga 2019 yil yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada erishgan edi. Shuningdek, o‘tgan yil Milliy sport mukofoti sarhisobi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi” nominatsiyasida g‘olib chiqqan. Tokio-2020da qilichbozlarimiz orasida Olimpiya o‘yinlarida kuchli sakkizlikka kirgan birinchi sportchimiz bo‘ldi. Ko‘rsatgan natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” va “Jasorat” medallari bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki sportchimizni tavallud ayyomlari bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.