18 Noyabr 2021 1875

Pekin-2022 inshootlari: Xayolan Chjanszyakouga sayohat qilamiz

Oʻzbekiston MOQ matbuot xizmati yaqinlashib kelayotgan Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shaharlar va ularda qurilgan obyektlar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni havola qilishda davom etadi.

Bugungi materialimiz musobaqada eng koʻp dastur oʻtkaziladigan Chjanszyakou shahri haqida. Avvalo, shahar Pekindan ancha uzoqda joylashgani, Xebey provinsiyasining tarkibida ekanini taʼkidlash joiz. Olimpiya oʻyinlari munosabati bilan Pekin-Chjanszyakou yoʻnalishi boʻyicha 10 ta bekatdan iborat maxsus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu bilan avtomobilda 3 soatdan koʻproq vaqt oladigan oradagi 174 kilometr masofaga yetib olish 47 daqiqagacha qisqardi. Ushbu yoʻnalishda dunyoning eng soʻnggi rusumlaridagi tezyurar poyezdlar qoʻyilgan boʻlib, ular 350 km/s tezlikda harakatlanadi.

Chjanszyakou shahrida biatlon, changʻi poygasi, fristayl, snoubord, tramplindan sakrash kabi turlar boʻyicha bahslar oʻtkaziladi. Ushbu videolavha Chjanszyakouda qurilgan Olimpiya inshootlariga Sizni xayolan olib boradi va arenalar atmosferasidan bahra olish imkonini taqdim qiladi:

Text to speech