17 Dekabr 2021 1424

Suzuvchilarimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlashmoqda

Kecha BAAning Abu-Dabi shahrida qisqa havzada (25 metr) suzish boʻyicha jahon chempionati boshlandi. Bugun musobaqada vakillarimiz bellashuvlarga kirishadilar.

Oʻzbekiston suzish federatsiyasining maʼlum qilishicha, musobaqada 2 nafar hamyurtimiz Aleksey Tarasenko (50 va 100 metrga erkin) hamda Eldorbek Usmonov (50 va 100 metrga batterflyay) ishtirok etishadi. Bugun Eldorbek 100 metrga batterflyay usulida suzish dasturida saralash bosqichida ishtirok etadi. Vakillarimizning qolgan kunlardagi ishtiroki:

18-dekabr: Aleksey Tarasenko (50 metrga erkin usulda suzish)
19-dekabr: Eldorbek Usmonov (50 metrga batterflyay usulda suzish)
20-dekabr: Aleksey Tarasenko (100 metrga erkin usulda suzish)

Text to speech