FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Dekabr 2021 4693

Akbar Joʻrayevga tengi yoʻq: u endi jahon chempioni! Nurudinovda kumush

Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Akbar Joʻrayev oʻz vaznida mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 195 kg toshni boʻysundirib, ushbu dasturda oltin medalga sazovor boʻldi. Siltab koʻtarish mashqida umumiy hisobdagi chempionlik uchun Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov raqobat olib borishdi. Ikki ajoyib polvonlarimiz bahsida Tokio-2020 qahramonining qoʻli baland keldi.

Ogʻir atletika boʻyicha JCH.
Erkaklar, -109 kg:
1. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 433 (195+238) kg
2. Ruslan Nurudinov (Oʻzbekiston) – 421 (185+236) kg
3. Simon Martirosyan (Armaniston) – 416 (188+228) kg

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, sportchilarimiz va millionlab muxlislarimizni tabriklab qoladi.

Text to speech