FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Dekabr 2021 5061

Pedagogika fanlari doktori, professor Ahrol Roʻziyevni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek va jahon sportida oʻz mavqeiga ega boʻlgan hamyurtimiz, Birlashgan kurash dunyosi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisining oʻrinbosari Ahrol Roʻziyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ahrol Roʻziyev 1957-yil 16-dekabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Oʻz umrini sport kurashlariga baxshida qilgan hamyurtimiz bugunga kelib uzoq yillik mashaqqatli mehnatlarining samarasini koʻrmoqda. Pedagogika fanlari doktori, professor Ahrol Roʻziyev ayni paytda Birlashgan kurash dunyosining vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda. Sport kurashlari boʻyicha terma jamoamizning bugungi kunda jahonning eng yetakchi jamoalaridan biriga aylanishida, polvonlarimiz qoʻlga kiritayotgan natijalarda ushbu mutaxassisning xizmati beqiyos.

Ahrol Roʻziyev 2007-2016-yillar Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida sport oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha kafedra professori, 2008-2014-yillarda FILA ijroqoʻm aʼzosi boʻlgan. Faoliyati davomida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” (2001), ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” (1999) va “Fidokorona xizmatlari uchun” (2004) ordenlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ahrol Roʻziyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech