17 Noyabr 2021 1911

Nadiya Dusanovani tabriklaymiz!

Bugun yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nadiya Dusanova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Nadiya Dusanova 1987 yil 17 noyabr kuni dunyoga kelgan. Balandlikka sakrash bo‘yicha 3 karra Osiyo o‘yinlari sovrindori, 3 karra Osiyo chempioni, Islom birdamligi o‘yinlari, yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati va boshqa nufuzli musobaqalar g‘olibi hisoblanadi. Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Ko‘rsatgan natijalari evaziga hukumatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Nadiya Dusanovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech