FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Noyabr 2021 3563

Kamonchilarimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun kurash olib borishadi

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda Bangladeshda kamondan otish bo‘yicha qit’a chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Saralash bahslari yakuniga ko‘ra, aralash jamoaviy yo‘nalishda vakillarimiz bronza medali uchun kurashni davom ettirishadi.

Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi Qozog‘iston jamoasiga qarshi murosasiz kechgan chorak final bahsida qo‘shimcha imkoniyatlarda ustunlik qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Biroq Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimizga tajriba yetishmadi va ular narigi juftlikda mag‘lub bo‘lgan Hindiston jamoasi bilan bellashadigan bo‘ldi.

Afsuski, yakkalik va jamoaviy dasturda ishtirok etgan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvda hamyurtlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech