Yangi mavsumda oʻz oldiga ulkan maqsad qoʻygan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yigʻin boshladi. Assotsiatsiya bazasida boshlangan yigʻin 30-dekabrga qadar davom etadi.
Mazkur mashgʻulotlarga Oʻzbekiston chempionatida murabbiylar ishonchini oqlagan 25 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Murabbiylar ushbu yigʻin orqali sportchilarning jismoniy holatini kuchaytirishga ahamiyat qaratishgan. Mashgʻulotlar 7 nafar trener boshchiligida olib borilmoqda. Tarkibda Olimpiya oʻyinlari chempioni Ulugʻbek Rashitov, shuningdek, Shuhrat Salayev, Dinoraxon Mamadibragimova, Svetlana Osipova kabi taniqli sportchilarimizni uchratish mumkin.